Vaqt O’tib Bormoqda

Farzandingiz hayoti davomida turli xil holatlarda bo’lishi mumkin, ba’zida hammasi yaxshi ba’zida esa qiyinchiliklarga duch keladi. Ba’zida siz ularni ko’proq uxlashlarini hohlaysiz, ba’zan esa ularni tushlik uchun uyg’otish sizga huzur bag’ishlaydi.O’smirlik davrida farzandingizning aqli va ko’rinishi katta hayotga qadam qo’yish uchun o’zgarib boradi. Ikkala o’g’il va qiz bolalar o’zlarining balog’at yoshlarini boshdan kechirishadi, qizlar esa hayz davriga tayyorlanishadi. Tashqi ko’rinishga bo’lgan ortiqcha e’tibor, ovqatlanishga va kuchli jismoniy harakatlardan tashvishlanishga olib kelishi mumkin. Bularni hammasi o’rganish va moslashish uchun bizga temir moddasi kerak bo’ladi.

Bular haqida ko’proq bilishni hohlasangiz ” Nega temir bizning tanamiz uchun muhim” maqolasini o’qing.

Agar Tanangizda Yetarlicha Temir Bo'lmasa, Siz Diqqqatni Jamlay Olmaysiz Va Yangi Narsalarni O'rganishda Qiyinchiliklarga Duch Kelasiz.

Temir tanqisligi o'g'il bolalarga qaraganda qizlarda ko'p uchraydi va ularda temirga bo'lgan ehtiyoj kuchliroq bo'ladi.

Idga Ega Bo'lgan Bolalar Ortiqcha Temir Moddasi Bo'lgan Bolalarga Qaraganda Matematikadan O'rtacha Balldan Ikki Baravar Pastroq Natija Ko'rsatishadi.

temir mushaklar yaxshi ishlashi uchun zarurdir.

Qizlarga Temir Ko’proq Kerak

Ularning tanasi o’sib borishi va ko’proq temirga muhtojligi sababli, qizlar hayz ko’rishni boshlashi bilan temirni muntazam ravishda yo’qotishni boshlaydilar. O’sish tezlashgandan so’ng,o’g’il bolalar temir zaxiralarini to’ldirishni boshlashi mumkin, ammo qizlarda bunday imkoniyat bo’lmaydi. Hayz paytida yo’qotilgan qon miqdori qizlar o’rtasida turlicha bo’ladi. O’smirlar o’sib borishi bilan holatlarini yaxshiroq tushuna boshlaydilar.Shu bilan birga ular ovqatlanish ratsionini va bajarayotgan jismoniy mashqlarini nazorat qilishni boshlaydilar.Hozirgi vaqtda temirga bo’lgan ehtiyoj oshsa, zaxira uchun oziq-ovqatlarning ro’li juda muhim hisoblanadi.So’nggi bir yilda ozishga urinib ko’rgan qizlar temir tanqisligi anemiyasiga ega bo’lganlarga qaraganda 3 baravar ko’pdir.

Girls Need The Most Iron
Iron And Growing Boys

Temir Va O’sayotgan Bolalar

O’spirin o’g’lingiz kechasi muzlatgichni bo’shayotgani sizni havotirga solmasligi mumkin, biroq o’smirlik davrida bola nima iste’mol qilayotgani juda muhimdir. Gap nafaqat o’g’lingizning kiyimlari unda to’g’ri kelmayotgani haqida balki undagi qon oqimini ko;paytirish haqida ketmoqda.

Jismoniy mukammal bo’lish uchun o’g’il bolalar ham har qachongidan ko’proq bosimga duch kelishadi, shuning uchun agar o’g’lingiz dietada bo’lsa, u kerakli temirni ololmasligi mumkin “.

Temir va parhez

Ortiqcha vaznli va semiz odamlar sonining ko’payishi ko’pincha yangiliklarda ko’rsatilinadi va o’spirinlar ham bundan mustasno emas. Hozir nafaqat ortiqcha vazinli bolalar og’irligi oldingisiga qaraganda ko’proq, ortiqcha vaznli bolalar ham avvalgiga nisbatan og’irroqdirlar. Ammo bu bolalar tomonidan iste’mol qilinadigan ovqatning ko’pligi ularni temir tanqisligidan himoya qilmaydi. Darhaqiqat, ortiqcha vaznga ega o’spirinlar temir tanqisligi odatdagi vaznga qaraganda ikki baravar ko’p.Qizlar, ayniqsa, ortiqcha vaznga ega bo’lsa, temir tanqisligi xavfi mavjud, chunki ular normal vaznli qizlarga qaraganda tezroq o’sib, etukroq bo’lishadi. Bu ularning ehtiyojlarini qondirish uchun etarli miqdorda temir olishlarini yanada qiyinlashtiradi.O’smirlar vaziyatni, shu jumladan, nima iste’mol qilayotganini nazorat qilishni yaxshi ko’radilar. Ular ozishga, zararli ovqatlarni ortiqcha iste’mol qilishga yoki turmush tarzini o’zgartirishga harakat qilyaptimi, parhez tanlovi o’spirinlarga kerakli temirni beradimi. Go’sht temirning muhim manbaidir va vegetarianlar go’sht bo’lmagan manbalardan ko’p temir olish uchun ehtiyot bo’lishlari kerak. Shu bilan birga, o’simlik tarkibidagi temir hayvon tarkibidagi temir singari osonlikcha singib ketmaydi, shuning uchun temirga boy turli xil ovqatlarni so’rilishini kuchaytiradigan ovqatlar bilan birgalikda iste’mol qilish muhimdir.

O’qish Uchun Temir

Temir balog’at yoshida o’sish va rivojlanish uchun va hayz davrida yo’qotilganlarni tiklash uchun juda muhim hisoblanadi, shu bilan birga temir o’rganish, o’qish uchun ham juda zarurdir.Temir tanqisligi bo’lgan bolalar yetarli temirga ega bo’lgan bolalarga qaraganda o’rtacha ko’rsatkichdan ikki baravar pastroq ball olishadi. Ammo bu o’zgarishi mumkin, ammo bitta tadqiqot shuni ko’rsatdiki, temir miqdori past bo’lgan o’spirin qizlarda temir moddasi qo’shilishi ularning xotirasini va og’zaki o’rganishini yaxshilaydi.

O’smirlik yillari ularning kelajagiga ta’sir qiladigan imtihonlarga to’la. Sog’lom ovqatlanish va yetarli miqdordagi temir bilan ta’minlash, ularning ilmiy salohiyatiga erishishda yordam berishi mumkin.

border
Iron For Athletes

Sportchilar Uchun Temir

Bolalarni sportga jalb qilish – ularni sog’lom va band qilishning ajoyib usuli, shuningdek, ularga yangi do’stlar orttirishda va barcha kuchlarini sarflashda yordam beradi. Biroq, ular balog’at yoshiga yetganda, yuqori darajadagi jismoniy mashqlar temir darajasiga ta’sir qilishi mumkin. Yetarli darajada temir sizning o’smiringiz yaxshi natijalar ko’rsatishi uchun muhimdir. Temir tanqisligi jismoniy mashqlar paytida tanangizdagi kislorod miqdorini pasaytiradi va siz bajaradigan mashqlarning kuchini kamaytiradi.

O’smir Farzandingizni Qo’llab -Quvvatlash

O’spirinlar uchun o’satyotgan davrida temir tanqisligiga uchrashi juda xavflidir. Temirga boy ovqatlar haqida bilishni hohlasangiz bizning “Aqlli ovqat tanlovi” bo’limimizga murojaat qiling, Agar bolangizda temir tanqisligi bor deb hisoblasangiz undagi simptomlarni tekshirib ko’ring. Unda maktabda charchayotganini yoki diqqatini jamlay olmayotgani haqida so’rang.Agar ular og’ir charchoq haqida shikoyat qilsa, ularni charchash bo’yicha so’rovnomamizni to’ldirishga undang. Bu ularga va / yoki ularning shifokori bilan muhokama qilish uchun yaxshi natija beradi. Sizning farzandingiz maktabdagi jismoniy mashqlarda muntazam qatnashadimi, vegetarianmi yoki kayfiyatsizmi, bunday holatlarda farzandiz qiz yokio’gi’l bo’lishiga qaramasdan o’spirinlik davrida unga juda ko’p temir kerak bo’lishini unutmang.